«Andijon» mavsumdagi ilk g`alabasiga erishdi

18.04.2015

«Andijon» mavsumdagi ilk g`alabasiga erishdi

Bugun Oliy Liga 5-tur uchrashuvlari yakunlandi.

«Andijon» klubi o`z maydonida «Buxoro»ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi va ushbu mavsumdagi ilk g`alabasini qo`lga kiritdi. «Neftchi» esa o`z maydonida «Mash`al»ni qabul qildi va 85-daqiqada kiritilgan gol evaziga g`alaba qozondi.

Olmaliqning «Olmaliq» klubi o`z maydonida «Qo`qon-1912» klubini qabul qildi va ikkinchi bo`limning so`nggi daqiqalarida kiritilgan ikkita gol evaziga irodali g`alabaga erishdi.

Jizzaxning «So`g`diyona» hamda Bekobodning «Metallurg» klublari o`rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi – 0:0.

5-tur. 18 aprel (shanba)
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Metallurg» (Bekobod) – 0:0. 1632 tomoshabin.
Hakamlar: O. Talibjonov (Toshkent) – 8,5, A. Usmonov (Toshkent) – 8,6, V. Lushin (Guliston) – 8,4, K. Rasulov (Qarshi) - 8
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O`zPFL vakili: B. Haydarov.
Ogohlantirishlar: I. komilov (60), S. Rashidov (ikkisi ham-«So`g`diyona», 83).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Spiridonov – H. Hoshimov.

«Neftchi» (Farg`ona) – «Mash`al» (Muborak) - 1:0. 11951 tomoshabin.
Hakamlar: R. Bobomuradov (Navoiy) – 8,3, R. Samandarov (Navoiy) – 9,0, O. Jumaev (Navoiy) – 9,1, A. Shukurullaev (Toshkent) - 8
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O`zPFL vakili: V. Letkin.
Gol: O. Haydarov (86).
Ogohlantirishlar: R. Ahmedov (18), M. Ubaydullaev (90) – S. Hamroev (38).
Chetlatish: S. Hamroev (ikkinchi ogohlantirish, 47).
Eng yaxshi o`yinchilar: R. Ahmedov – N. Bukatkin.

«Andijon» (Andijon) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:1. 10707 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent) – 9,3, A. Rasulov (Toshkent) – 9,2, J. Saidov (Toshkent) – 9,0, R. Kopadze (Farg`ona) - 9
Nazoratchi: V. Valitskiy.
O`zPFL vakili: R. Chernikov.
Gollar: A. Abdullaev (40), I. Otaxanov (45, penalti) – O. Narzullaev (79).
Ogohlantirishlar: R. Rahmonov (28), I. Otahonov (33), D. Tursunov (80) – H. Asqarov (26),
O. Isroilov (81), B. Xaushi (84).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Abdullaev – D. Abibullaev.

«Olmaliq» (Olmaliq) – «Qo`qon-1912» (Qo`qon) – 2:1. 4908 tomoshabin.
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy) – 7,8, R. Serazetdinov (Toshkent) – 9,0, S. Shoyusupov (Toshkent) – 9,0, F. Norsafarov (Qarshi) - 9
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O`zPFL vakili: N. Lutfulin.
Gollar: N. Yovanovich (69), Z. Pirimov (82) – O. Mamajonov (59).
Ogohlantirishlar: S. Qutiboev (45) – D. Kimsanov (24), A. Nikolaev (38), I. Ilin (61), F. Hasanboev (69), X. Ergashev (72).
Eng yaxshi o`yinchilar: N. Yovanovich – O. Mamajonov.

cola
apex
mib
mib
mib
mib