Oliy Liga, 5-tur: «Bunyodkor» o`z maydonida «Navbhor»ni mag`lub etdi

18.04.2015

Oliy Liga, 5-tur: «Bunyodkor» o`z maydonida «Navbhor»ni mag`lub etdi

Kecha Oliy Liga 5-turidan o`rin olgan yana bir uchrashuv bo`lib o`tdi va unda «Bunyodkor» o`z maydonida «Navbahor» klubini 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo`limning 56-daqiqada Anvar G`ofurov hisobni ochgan bo`lsa, o`yinning 70-daqiqasida Doston Hamdamov «Bunyodkor»ning ikkinchi golini kiritdi. O`yin yakunlanishiga bir necha daqiqalar qolganda esa, San`at Shixov «Bunyodkor» darvozasiga gol kiritdi va hisobni qisqartirdi. O`yinning qolgan daqiqalarida boshqa gol kiritilmadi va «Bunyodkor» 5-tur uchrashuvida g`alaba qozondi.

Turning qolgan o`yinlari 18 aprel kuni bo`lib o`tadi.

17 aprel (juma)
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) – 2:1. 1812 tomoshabin.
Hakamar: D. Pislegin (Toshkent) – 8,4, A. Tsapenko (Toshkent vil.) – 9,0, A. Qo`ldoshev (Buxoro) – 9,0, I. Garmashov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
O`zPFL vakili: A. Mo`minov.
Gollar: A. G`ofurov (56), D. Hamdamov (70) – S. Shixov (88).
Ogohlantirishlar: D. Hamdamov (25), O. Jo`raboev (84) – D. Jabborov (20), U. Baqoev (29), B. Akbarov (90+2).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Shodiev – S. Shixov. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib