Shkvirin - mart oyining eng yaxshi murabbiyi, Vahobov - eng yaxshi futbolchi

15.04.2015

Shkvirin - mart oyining eng yaxshi murabbiyi, Vahobov - eng yaxshi futbolchi

 

O`zPFL hamda "CA" hamkorligida o`tkazilgan so`rovnomaga ko`ra, Olmaliqning Olmaliq klubi bosh murabbiyi Igor Shkvirin mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. "Qizilqum" klubi hujumchisi Bahriddin Vahobov esa mart oyida futbolchilar orasida eng yaxshi deb topildi.

Eslatib o`tamiz, har yili an`anaviy tarzda o`tkaziladigan oyning eng yaxshilarini aniqlash jarayoniga ushbu mavsumdan boshlab o`zgartirish kiritildi. Unga ko`ra, 2015 yilgi mavsumdan boshlab, ushbu sovrin “Championat.asia” va O`zPFL mukofoti" deb ataladi.

Jami 18ta OAV tashkiloti ishtirok etgan mart oyi so`rovnomasida mutaxassislar tomonidan besh nafardan nomzod tanlab olindi. Unga ko`ra, safarda “Paxtakor”dan qimmatli ochkolarni olib, o`z maydonida “Nasaf”ni mag`lubiyatga uchrata olgan “Olmaliq” bosh murabbiyi Igor Shkvirin 89 ochko bilan oyning eng yaxshi murabbiyi bo`ldi. Dastlabki ikki tur natijalariga ko`ra, 6 ochko jamg`argan Aleksandr Xomyakov 29 ochko tafovut bilan ikkinchi bo`ldi. Uchinchi o`rin “Lokomotiv” va “Navbahor”dan bittadan ochko olgan “Metallurg” ustozi Rustam Mirsodiqovga nasib etdi. Kuchli beshlikni Sergey Lushan va Muxtor Qurbonov yakunlab berdilar. 

“CA” va O`zPFL sovrini g`olibi bo`lgan murabbiyning mart oyidagi natijalari:

 

O`rin

Murabbiy

Klub

I

II

III

IV

V

Jami

1

Igor Shkvirin

“Olmaliq” (Olmaliq)

17

1

-

-

-

89

2

Aleksandr Xomyakov

“Mash`al” (Muborak)

1

9

5

1

2

60

3

Rustam Mirsodiqov

“Metallurg” (Bekobod)

-

3

5

3

7

40

4

Muxtor Qurbonov

“Sho`rtan” (G`uzor)

-

2

5

8

3

42

5

Sergey Lushan

“Bunyodkor” (Toshkent)

-

3

3

6

6

39

Xuddi shunday, 5 nafar futbolchilardan iborat bo`lgan nomzodlar ichida “Qizilqum” hujumchisi Bahriddin Vahobov ilk turdagi xet-trigi tufayli birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Ketma-ket ikki turda bittadan gol urib, “Mash`al”ning g`alabasiga munosib ulush qo`shgan rossiyalik legioner Vladislav Ivanov ikkinchi bo`ldi. “Paxtakor” va “Nasaf”ga qarshi kechgan o`yinlarda bittadan golli pas bergan Shavkat Salomov uchlikni yakunlab berdi. Mart oyida bo`lib o`tgan ikki o`yinda o`z darvozasi daxlsizligini saqlay olgan Botir Nosirov to`rtinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Jadvalning so`nggi pog`onasidan “Metallurg” himoyachisi Dimurod Karimov o`rin oldi.

“CA” va O`zPFL sovrini g`olibi bo`lgan futbolchining mart oyidagi natijalari:

 

O`rin

Murabbiy

Klub

I

II

III

IV

V

Jami

1

Bahriddin Vahobov

“Qizilqum” (Navoiy)

9

4

5

-

-

76

2

Vladislav Ivanov

“Mash`al” (Muborak)

3

6

4

4

1

60

3

Shavkat Salomov

“Olmaliq” (Olmaliq)

5

1

4

5

3

cola
apex
mib
mib
mib
mib