Oliy Liga, 4-tur: «Lokomotiv» «Bunyodkor»ni yirik hisobda mag`lub etdi

14.04.2015

Oliy Liga, 4-tur: «Lokomotiv» «Bunyodkor»ni yirik hisobda mag`lub etdi

Oliy Liga 4-turidan o`rin olgan so`nggi uchrashuvda Toshkentning «Lokomotiv» o`z maydonida «Bunyodkor» klubini qabul qildi va yirik hisobda g`alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmadi, ammo ikkinchi bo`limda «Lokomotiv» futbolchilari raqib darvozasiga uchta javobsiz to`p kiritishdi va yirik hisobda g`alaba qozonishdi. Dastlab Temurxo`ja Abduholiqov penaltidan hisobni ochdi. Keyinchalik Jasur Hasanov hamda zahiradan maydonga tushgan Ruslan Koryan bittadan gol kiritishdi va yakunda «Lokomotiv» yirik hisobda g`alaba qozondi - 3:0.

4-tur. 13 aprel (dushanba)
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 3:0. 3708 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent) – 9,6, A. Rasulov (Toshkent) – 9,4, J. Saidov (Toshkent) – 9,3, D. Karimov (Tashkent) - 9
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
O`zPFL vakili: F. Magametov.
Gollar: T. Abduholiqov (46, penalti), J. O. Hasanov (54), R. Koryan (88).
Ogohlantirishlar: I. Aliboev (73) – S. Sobirxo`jaev (46), A. Filiposyan (50), E. Shomurodov (61), S. Minori (86).
Chetlatish: E. Shomurodov (ikkinchi ogohlantirish, 66).
Eng yaxshi o`yinchilar: J. O. Hasanov – S. Minori.

cola
apex
mib
mib
mib
mib