Kecha Oliy Liga 4-tur bahslariga start berildi.
Kecha bo`lib o`tgan to`rt uchrashuvdan so`ng Oliy Liga turnir jadvalida peshqadam o`zgardi. Farg`onaning «Neftchi» klubi safarda «Metallurg»ni kichik hisobda mag`lub etdi va o`z ochkolarini 8taga etkazib hozircha peshqadamga aylandi.
«Qo`qon-1912» klubi esa o`z maydonida «Andijon»ni qabul qildi. Qiziqarli uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.
Namanganning «Navbahor» klubi o`z maydonida «So`g`diyona»ni 1:0 hisobida mag`lub etib chempionatdagi ilk g`alabasiga erishgan bo`lsa, «Sho`rtan» ham ushbu turda o`z uyida «Dinamo»ni mag`lub etdi va 7 ochko bilan turnir jadvalida 2-o`ringa ko`tarilib oldi.
Oliy Liga, 4-tur.
11 aprel.
«Qo`qon-1912» (Qo`qon) – «Andijon» (Andijon) 0:0
Hakamlar: H.Ro`ziev, O.Abduvosilov, A.Kalinin, A.Rubakov.
Nazoratchi: A.Abdullaev.
O`zPFL vakili: Baxtiyor Mametov.
Ogohlantirishlar: Orif Mamajonov, (27). Davron Tursunov, (35).
«Metallurg» (Bekobod) – «Neftchi» (Farg`ona) 0:1
Hakamlar: V.Tseytlin, T.Gaynulin, N.Ro`zimov, R.Lutfulin
Nazoratchi: D.Roman.
O`zPFL vakili: V. Letkin
Gol: Abbos Maxstaliev 26
Ogohlantirish: Ruslan Vagapov (77)
Chetlatish: Sherzod Hakimov (55)
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Dinamo» (Samarqand) 1:0
Hakamlar: Sh.Qosimov, R.Fozilov, M.Majidov, Sh.Qayumov
Nazoratchi: I.Nexochin
O`zPFL vakili: A. Inoyatov
Gol: Suhrob Berdiev 79
Ogohlantirish: I. Taran (51)
«Navbahor» (Namangan) – «So`g`diyona» (Jizzax) 1:0
Hakamlar: B.Namozov, T.Galeev, A.Po`latov, A.Rahimov
Nazoratchi: R.Aytekov.
O`zPFL vakili: V. Shtern
Gol: Otabek Valijonov 64
Ogohlantirishlar: Ulug`bek Baqoev (73) -Muzaffar Muzaffarov (66), Ilhom Komilov (68), Anvar Rajabov (90).
Chetlatish: Muzaffar Muzaffarov (80)