Oliy Liga-2015: «Lokomotiv» hamda «Paxtakor» ilk g`alabalarini qo`lga kiritishdi

04.04.2015

Oliy Liga-2015: «Lokomotiv» hamda «Paxtakor» ilk g`alabalarini qo`lga kiritishdi

3 aprel kuni Oliy Liga 3-turi doirasida ikki uchrashuv bo`lib o`tdi.

Toshkentning «Lokomotiv» hamda «Paxtakor» klublari O`zbekiston Chempionati-2015 bahslaridagi ilk g`alabalarini qo`lga kiritishdi.

«Lokomotiv» 3-tur doirasida safarda «So`g`diyona»ni 3:1 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, «Paxtakor» o`z maydonida xuddi shunday hisobda «Buxoro»ni mag`lubiyatga uchratdi.

Turning qolgan uchrashuvlari 4 aprel kuni davom ettiriladi.

Oliy Liga, 3-tur.
3 aprel (juma)
«Paxtakor» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) – 3:1. 1103 tomoshabin.
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent vil.) – 8,0, T. Gaynulin (Toshkent) – 8,1, S. Shoyusupov, (Toshkent) – 8,4, D. Muxtorov (Toshkent) - 8
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O`zPFL vakili: G. Rtveladze.
Gollar: I. Sergeev (8, 53, 55) – D. Abibullaev (10).
Ogohlantirishlar: V. Kravchesku (7), S. Akbarov (29), O. Isroilov (barchasi-«Buxara», 80).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Sergeev – D. Abibullaev.

«So`g`diyona» (Jizzax) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:3. 3112 tomoshabin.
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy) – 8,3, R. Samandarov (Navoiy) – 9,0, O. Jumaev (Navoiy) – 9,0, F. Narsafarov (Qarshi) - 8
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O`zPFL vakili: A. Frolov.
Gollar: A. Rajabov (65, penalti) – M. Bikmaev (10, penalti), T. Abduholikov (54), S. Shoaxmedov (60).
Ogohlantirishlar: I. Komilov (9) - I. Alibaev (55).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Begimqulov – M. Bikmaev. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib