«Paxtakor» hamda «Lokomotiv» klublari o`rtasidagi O`zbekiston Superkubogi o`yinidan oldingi matbuot anjumani 7 mart kuni O`FF anjumanlar zalida bo`lib o`tadi.
Har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokidagi matbuot anjumani soat 11:00da boshlanadi.
Dastlab, 11:00da jurnalistlarning savollariga «Lokomotiv» bosh murabbiyi va futbolchisi javob beradi, 11:20da esa «Paxtakor» vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanadi..
Eslatib o`tamiz, «Paxtakor» va «Lokomotiv» klublari o`rtasidagi O`zbekiston Superkubogi uchun bahs 8 mart kuni bo`lib o`tadi. Uchrashuv Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida soat 14:00da boshlanadi.
O`zbekiston Superkubogi-2015: O`yindan oldingi matbuot anjumani 7 mart kuni bo`lib o`tadi
05.03.2015
