O`zbekiston Superkubogi uchun bahsni Ermatov boshqaradi

05.03.2015

O`zbekiston Superkubogi uchun bahsni Ermatov boshqaradi

FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi 8 mart kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston Superkubogi uchun bahsni boshqarib boradi.

Ermatovga qanotlarda FIFA laynsmenlari Abduhamidillo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Vadim Agishev uchrashuvda zaxira hakami vazifasida ishlaydi.

Eslatib o`tamiz, Ravshan Ermatov o`tgan yilgi O`zbekiston Suprekbogi bahsini ham boshqarib borgan edi.

O`zbekiston Superkubogi-2015. 8 mart (yakshanba).
«Bunyodkor» stadioni. Soat 14:00.
«Paxtakor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), V. Agishev (Toshkent)

Nazoratchi: G`. Imomov (Toshkent).

cola
apex
mib
mib
mib
mib