G`uzorning «Sho`rtan» klubi PFL Kubogi finalida «Mash`al»ni penaltilar seriyasida mag`lub etdi musobaqaning bosh sovrinini qo`lga kiritdi.
O`FF maydonida bo`lib o`tgan final uchrashuvi ancha qiziqarli o`tdi. Uchrashuvning birinchi bo`limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo`limda esa, dastlab «Mash`al» futbolchilari hisobni ochishdi. Keyinchalik «Sho`rtan» ikkita gol kiritib hisobda oldinga o`tib oldi. O`yinning hakam qo`shib bergan so`nggi soniyalarida esa «Mash`al» darvozaboni o`z jarima maydoni atrofida jarima to`pini amalga oshiradi va to`p hech kimga tegmay «Sho`rtan» darvozasidan joy oldi - 2:2.
Shu tariqa g`olib nomi reglamentga ko`ra o`yindan keyingi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda «Sho`rtan» futbolchilari aniqroq harakat qilishdi va yakunda 4:2 hisoibda g`alaba qozonishdi.
PFL Kubogi-2015. Final
«Mash`al» (Muborak) – «Sho`rtan» (G`uzor) – 2:2. 2:4 – penaltilar bo`yicha. 175 tomoshabin.
Hakamlar: I. Garmashev (Toshkent) – 8,0, N. Anfinogenov (Toshkent) – 8,1, S. Abdurahmonov (Toshkent) – 8,1, A. Risqullaev (Toshkent) - 8
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
«Mash`al»: 30. B. Nosirov, 18. I. Boboxonov, 5. I. Komilov, 6. K. Baxodirov, 7. J. Djiyamuradov (10. J. Xasanov, 86), 24. S. Rahmatullaev (20. Sh. Fayziev, 86), 14. Z. To`raev, 8. A. Omonov (23. V. Ivanov, 76), 17. A. Nabiev (11. X. Murtazaev, 76), 26. Z. Qo`ziboev, 41. Sh. Dostonov.
«Sho`rtan»: 79. T. Jo`raev, 5. A. Aliqulov (15. H. G`ofurov, 46), 7. V. Karpenko, 8. S. Shodmonov (6. M. Rajabov, 61), 11. Z. Polvonov, 13. R. A`zamov, 17. M. Kamolov (10. V. Klishin, 53), 18. E. Boymatov, 19. S. Berdiev, 22. L. Ubaydullaev, 44. D. Stanoevich.
Gollar: G`. Komilov (48), V. Karpenko (72, pealti), Z. Palvanov (78), B. Nosirov (90+5).
Ogohlantirishlar: J. Jiyamurodov (45+1), G`. Komilov 59), R. A`zamov (90+2), T. Jo`raev (90+3).