PFL Kubogi-2015 finalida «Sho`rtan» «Mash`al» bilan o`ynaydi

18.02.2015

PFL Kubogi-2015 finalida «Sho`rtan» «Mash`al» bilan o`ynaydi

Kecha PFL Kubogi-2015 musobaqasining yarim final o`yinlari o`tkazildi va musobaqa g`olibligi uchun final uchrashuvida maydonga tushadigan jamoalarning nomi ma`lum bo`ldi.

Unga ko`ra yarim finalda o`z raqiblarini mag`lubiyatga uchratgan «Sho`rtan» hamda «Mash`al» jamoalari PFL Kubogining bu yilgi finalida o`zaro bahs olib borishadi. «Sho`rtan» klubi yarim finalda o`yinning so`nggi daqiqalarida kiritilgan yagona gol tufayli «Qo`qon-1912» klubini mag`lub etgan bo`lsa, «Mash`al» qiziqarli uchrashuvda «Obod» jamoasini 2:1 hisobida g`alaba qozondi va finalga yo`l oldi.

Ta`kidlash lozim, «Mash`al» klubi ketma-ket ikkinchi yil PFL Kubogi finaliga yo`l oldi. O`tgan yili, «Mash`al» finalda «Obod»ni 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchratib bosh sovrinni qo`lga kiritgan edi.

PFL Kubogi-2015. Yarim fianl

«Sho`rtan» - «Qo`qon-1912» - 1:0. 153 tomoshabin.
Hakamlar: I. Garmashov – 8,0, N. Anfinogenov – 8,0, Sh. Yuldashev - 8,0, A. Riskullaev – 8

Nazoratchi: R. Aytekov.

Gol: V. Karpenko (90+4).

Ogohlantirishlar: R. Agzamov (90+2) – I. G`aniev (40), A. Tuxtabaev (90+4).

Chetlatish: I. G`aniev (ikkinchi ogohlantirish, 60).

«Mash`al» - «Obod» - 2:1. 232 tomoshabin.
Hakamlar: R. Toshmuxamedov – 7,8, D. Ubaydullaev – 7,8, T. Suyunov – 8,0, K. Rasulov - 8

Nazoratchi: G. Karimov.

Gollar: V. Ivanov (53), Z. To`raev (64) – Sh. Norxonov (82).

Ogohlantirishlar: T. Hamdamov (9), S. Quvvatov (80), J. Jiyamurodov (90+3) – D. Isxoqov (31), K. Tojiboev (59), J. Hasanov (77), B. To`raev (85), Sh. Norxonov (o`yindan so`ng).

Chetlatish: T. Hamdamov (12) – B. To`raev (ikkinchi ogohlantirish, o`yindan so`ng).

cola
apex
mib
mib
mib
mib