Sergey Lushan: «Raqib oldida futbolchilar sarosimaga tushib qolishmaydi»

16.02.2015

Sergey Lushan: «Raqib oldida futbolchilar sarosimaga tushib qolishmaydi»

Toshkentning «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Sergey Lushan «Al Jazira»ga qarshi OChL pley-off o`yiniga jamoasi tayyor ekanini ta`kidladi.

"Ushbu o`yinga etarlicha tayyorgarlik ko`rdik deb o`ylayman. Jamoa ertangi o`yinga tayyor. O`ylashimcha, muxlislar uchun ham ertangi o`yin qiziq bo`ladi», - deydi Lushan.

«»Al Jaziraga qarshi mavsumdagi ilk o`yinimizni o`tkazamiz. Raqibni o`rgangan holda futbolchilar bilan ishlayapmix. Jamoamizda professional futbolchilar yig`ilgan va ular ertangi o`yin muhim ekanini yaxshi xis qilishmoqda. Raqib oldida sarosimaga tushib qolishmaydi. Ular muxlis to`la stadionni sog`inishgan», - deydi Lushan.

cola
apex
mib
mib
mib
mib