Bugun «Bunyodkor» stadionida yangi mavsum oldidan Toshkentning «Bunyodkor» klubi safiga yangi qo`shib olingan futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo`lib o`tdi.
Unga ko`ra, «Bunyodkor» yangi mavsum oldidan 6 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolagan. Bir necha yil aynan «Bunyodkor» safida harakat qilgan, o`tgan mavsum «Lokomotiv» safida o`ynagan Artem Filiposyan yana «Bunyodkor» bilan shartnoma imzoladi.
Shuningdek, O`zbekiston U-20 terma jamoasi hujumchisi, avvalgi mavsumni «Mash`al» tarkibida o`tkazgan Eldor Shomurodov, Obid Jo`raboev («Olmaliq»), Shaker Zuagi («Olmaliq»), Mirzohid G`ofurov («Mash`al») hamda Otabek Shukurov («Mash`al») «Bunyodkor»ning yangi o`yinchilari sifatida rasman tanishtirildilar.