O`zbekiston Oliy Ligasi bahslarida faoliyat ko`rsatadigan o`zbekistonlik hakamlar amaliy mashg`ulotlarda ishtirok etish uchun Turkiyaga jo`nab ketishdi.
Oliy Liga-2015 bahslari startigacha o`zbekistonlik referi hamda laynsmenlar jismoniy va nazariy imtihonlardan o`tishdi. Endilikda, ushbu imtihonlardan o`tgan hakamlar Turkiyadagi o`quv yig`ini davomida amaliy imtihonlardan o`tadilar. Mazkur yig`inda o`zbekistonlik referilar bir qator o`rtoqlik turnirlari va nazorat uchrashuvlarida hakamlik qiladilar va shu tariqa amaliy imtihonlardan o`tishadi.
Ma`lumot o`rnida, 3-11 fevral kunlari Turkiyada bo`lib o`tadigan yig`inga O`zbekiston Oliy Ligasi bahslarida ishlaydigan 10 nafar referi hamda 17 nafar referi yordamchilari jo`nab ketishdi. Mazkur yig`inga O`FF hakam va nazoratchilar departamenti boshlig`i Noil Lutfulin boshchilik qiladi.
Ma`lumot uchun, FIFA referisi Ilgiz Tantashev va uning brigadasi (Andrey Tsapenko va Ruslan Serazetdinov) OFK kubogi bahslariga tayinlangani bois mazkur yig`inni o`tkazib yuboradilar. Shuningdek, FIFA referisi Valentin Kovalenko mazkur yig`inga keyinroq borib qo`shiladi.
Turkiyadagi yig`inda qatnashadigan o`zbekistonlik referi va laynsmenlar ro`yxati:
Referilar:
1. Ravshan Ermatov
2. Vladislav Tseytlin
3. Olim Tolibjonov
4. Hasan Ro`ziev
5. Temur To`xtasinov
6. Rustam Bobomurodov
7. Baxtiyor Namozov
8. Aziz Asimov
9. Dmitriy Pislegin
10. Murod Muhamedov
Laynsmenlar:
1. Abduhamidillo Rasulov
2. Jahongir Saidov
3. Ma`mur Saidqosimov
4. Vladlen Lushin
5. Husniddin Shodmonov
6. Alisher Usmonov
7. Timur Gaynulin
8. Ruslan Samandarov
9. Obid Jumaev
10. Ravil Shayaxmetov
11. Bobur Qodirov
12. Abdurahmon Qo`ldoshev
13. Olimjon Abduvosilov
14. Timur Ganiev
15. Sanjar Shoyusupov
16. Akbar Po`latov
17. Rasuljon Fozilov