Turkiyaning Antaliya shahrida yig`in o`tkazgan Qarshining Nasaf klubi yig`in davomidagi so`nggi nazorat uchrashuvda Polshaning «Korona» klubini mag`lub etdi.
Ushbu uchrashuvda Ilhom Shomurodov dublga erishdi va «Nasaf»ga g`alaba keltirdi - 2:0.
Eslatib o`tamiz, Ro`ziqul Berdiev jamoasi yig`indagi ilk uchrashuvida Polshaning boshqa bir jamoasi - «Gurnik» klubiga qarshi maydonga tushgan edi va 1:0 hisobida g`alaba qozongan edi.
Qarshining «Nasaf» klubi Turkiyadagi yig`inini yakunladi va Qarshiga qaytib Oliy Liganing yangi mavusumiga tayyorgarlikni davom ettiradi.