Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko`rayotgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi kecha Ruminiyaning «Viktorul» klubiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi.
Yig`in davomidagi ilk nazoarat o`yini qiziqrli kechdi va 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. «Bunyodkor» safidagi gollarga Samir Bekrich hamda Shaker Zuagi mualliflik qilishgan.
Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, «Bunyodkor» Antaliyadagi yig`in davomida shuningdek, Ruminiyaning yana bir klubi - «CMS», Ukrainaning «Zarya» hamda Qozog`istonning «Atirau» klublariga qarshi nazorat uchrashuvilarida maydonga tushishi rejalashtirgan.
Nazorat uchrashuvi.
29 yanvar, Antaliya.
«Bunyodkor» - «Viktorul» 2:2
Gollar: Samir Bekrich (17), Shaker Zuagi (42)