Antaliyadagi o`quv-yig`in mashg`ulotlari doirasida Qarshining «Nasaf» jamoasi Ukrainaning «Ilichevets» jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o`tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Uchrashuvdagi yagona golni birinchi bo`limda ukrainaliklar hujumchisi Sergey Grin kiritdi.
Ushbu uchrashuvda «Nasaf» quyidagi tarkibda harakat qildi: O`tkir Yusupov, Botir Qoraev, Maqud Karimov, Sherzod A`zamov, Alisher Yusupov, Sergey Shapoval, Ilhom Yunusov, Bahrom Abdurahimov, Artur Gevorkyan, Ilhom Shomurodov, Oleksandr Kablash.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Alibek Turobov, Hamza Karimov, Akram Bahriddinov, Shohruh Gadoev, Sharof Muhiddinov, Doniyor Narzullaev, Erkin Boydullaev, Aziz G`aniev, Xudoyberdi Holiqov.
«Nasaf» rasmiy sayti xabariga ko`ra, ayni paytda jamoa safida ukrainalik Sergey Shapoval ko`rikdan o`tmoqda. 1990 yil 7 fevralda Kievda tavallud topgan ushbu yarim himoyachi bungacha Moldovaning «Tiraspol», Ukrainaning «Lvov» jamoasi sharafini himoya qilgan.
«Nasaf» navbatdagi nazorat uchrashuvini 28 yanvar kuni Polshaning «Gurnik» jamoasiga qarshi o`tkazishlari rejalashtirilgan.