Ayni damda Toshkentda Oliy Liganing yangi mavsumiga tayyoragrlik ko`rayotgan bir qator klublar o`zaro nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishmoqda.
Bugun ana shunday o`yinlardan biri Toshkentdagi «Chilonzor» stadionida «Neftchi» va «Sho`rtan» klublari o`rtasida bo`lib o`tdi. Mazkur uchrashuvda har ikkala jamoa o`z tarkibiga kelib qo`shilgan bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o`tkazishdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda esa hisob ochilmadi - 0:0
Nazorat uchrashuvi.
25 yanvar Toshkent, «Chilonzor» stadioni.
«Neftchi» - «Sho`rtan» 0:0