«Nasaf» Antaliyada bir qator legionerlarni ko`rikdan o`tkazadi

23.01.2015

«Nasaf» Antaliyada bir qator legionerlarni ko`rikdan o`tkazadi

Qarshining «Nasaf» klubi yangi mavsumga tayyorgarlikning uchinchi bosqichini o`tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo`nab ketdi. «Nasaf» mazkur yig`in davomida bir qator klublarga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirgan.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, mazkur yig`in davomida jamoa safida bir qator legioner futbolchilar ko`rikdan o`tadi.

Shuningdek, O`zbekiston milliy terma jamoasi safida Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan uch nafar futbolchi - Eldorbek Suyunov, himoyachi Shuhrat Muhammadiev va yarim himoyachi Farruh Sayfiev musobaqa yakunlangach, “Nasaf” yig`iniga kelib qo`shilishadi.

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib