IFFHS reytingiga ko`ra O`zbekiston Chempionati dunyo reytingida 82-o`rinda qayd etildi

20.01.2015

IFFHS reytingiga ko`ra O`zbekiston Chempionati dunyo reytingida 82-o`rinda qayd etildi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2014 yil yakunlari bo`yicha eng yaxshi milliy chempionatlar reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Chempionati yil yakunlariga ko`ra dunyo reytingida 82-o`rinda qayd etildi. Ta`kidlash lozim, o`tgan yilgi reyting bilan taqqoslaganda 13 pog`ona pastga tushgan. O`zbekiston chempionati o`tgan yilgi reytingda 69-o`rinda qayd etilgan edi.

Ma`ulmot uchun 2014 yil yakunlariga ko`ra Ispaniya La Ligasi ketma-ket beshinchi marta dunyoning eng kuchli chempionati sifatida qayd etilgan. Ikkinchi o`rinni Italiya A seriyasi egallagan bo`lsa, Angliya Premer-Ligasi dunyo reytingida 3-o`rinda qayd etildi.

Mazkur reytingining to`liq ko`rinishi bilan IFFHS rasmiy saytida tanishish mumkin.

cola
apex
mib
mib
mib
mib