Amaldagi O`zbekiston chempioni - Toshknetning «Paxtakor» klubi 3 yanvar kuni o`zining navbatdagi yig`inini boshladi.
Terma jamoa safida Osiyo Kubogida ishtirok etadigan Egor Krimets, Jamshid Iskanderov va Igor Sergeevdan tashqari barcha futbolchilar qatnashmoqda. Hujumchi Navro`z Olimov ham yig`inga qo`shildi. Kaxi Maxaradze esa shu haftada Gruziyadan Toshkentga qaytadi va mashg`ulotlarda ishtirok etishni boshlab yuboradi.
Jamoaning ushbu yig`ini 13 yanvargacha davom etadi va 14 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga o`quv-yig`in mashg`uloti uchun jo`nab ketadi.
«Paxtakor» shuningdek, 8 yanvar kuni «Dinamo», 13 yanvarda «Metallurg» bilan nazorat o`yinlarini o`tkazadi.