Sergey Lushan: «Bu «Bunyodkor» kelasi mavsum g`alabalarga erishadi»

12.11.2014

Sergey Lushan: «Bu «Bunyodkor» kelasi mavsum g`alabalarga erishadi»

«Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushan «Lokomotiv»ga qarshi O`zbekiston Kubogi-2014 final uchrashuvidan so`ng raqib jamoani muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

«Lokomotiv»ni ajoyib g`alaba bilan tabriklayman. O`yin shunday kechdiki, unda birinchi bo`lib gol urgan jamoa g`alaba qozonishi tayin bo`lib qolgandi. Biz harakat qildik, biroq yuzaga keltirganimiz imkoniyatlardan foydalana olmadik. Raqibimiz esa o`z imkoniyatidan foydalandi va g`alaba qozondi», - dedi Sergey Lushan.

12 noyabr, chorshanba kuni Olmaliqdagi OTMK sport majmuasi stadionida bo`lib o`tgan uchrashuv 120 daqiqa davom etdi va o`yin taqdirini ikkinchi qo`shimcha taym boshida «Bunyodkor»ning sobiq yarim himoyachisi – Jasur Hasanov tomonidan urilgan yagona gol hal qildi.

«Biz yangi jamoani shakllantirish yo`lda ish olib bormoqdamiz. Avval ham ta`kidlaganman, men ham, jamoamiz ham yoshlarga ishonishda davom etamiz. Biz akademiyani shakllantirish ko`p kuch sarfladik, endi undan to`liq foydalanadigan vaqt keldi. Tez orada jamoaning 70 foizini aynan o`z tarbiyalanuvchilarimiz tashkil etadi», - dedi «Bunyodkor» bosh murabbiyi.

2013 yilgi mavsumda oltin dublga erishgan «Bunyodkor» joriy mavsumni uch murabbiy qo`l ostida o`tkazdi, milliy chempionat bahslarida to`rtinchi bo`ldi, Kubok finalida esa «Lokomotiv»dan engildi. Biroq Sergey Lushan jamoaga kelajagi yoshlar qo`lida ekanligiga va bu kelajak porloqligiga ishonmoqda.

«Hozirgi rejalarimiz bo`yicha, yangi mavsumga tayyorgarlikni 10 dekabrdan boshlashni rejalashtirib turibmiz. Kelasi mavsum «Bunyodkor»ning bu yosh tarkibi muvaffaqiyatlarga erisha olishiga shaxsan men shubha qilmayman. Bizdagi yoshlarga imkoniyat berish kerak. Kelasi yili jamoamizning bir qator futbolchilari turli yoshdagi terma jamoalar safida xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi, biroq yoshlar jamoamizdan 6ta futbolchi etishib chiqmoqda, bundan tashqari, boshqa jamoalardan bizga ma`qul kelgan yosh, lekin terma jamoada o`ynamaydigan futbolchilar bo`yicha ham selektsiya ishlarini olib boryapmiz», - deya qo`shimcha qildi «Bunyodkor» bosh murabbiyi Sergey Lushan.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib