Babayan va Iskanderov – oktyabr oyi laureatlari!

10.11.2014

Babayan va Iskanderov – oktyabr oyi laureatlari!

O`zbekiston chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi va o`yinchisini aniqlash bo`yicha jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomada «Paxtakor» vakillari tengsiz deb topildi.

Xususan, «Paxtakor» bosh murabbiyi Samvel Babayan 2014 yilgi mavsum hisobidan to`rtinchi marta oy murabbiyiga aylangan bo`lsa, jamoa yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov bungacha mart va may oylarida ham eng yaxshi o`yinchi deb topilgandi.

O`zbekiston chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo`yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma 4-7 oktyabr kunlari bo`lib o`tdi. So`rovnomada jurnalistlar Oliy Liga va Birinchi Liga klublarida faoliyat olib borayotgan jami 12 nafar murabbiy va 22 nafar futbolchini g`oliblikka da`vogar sifatida ko`rsatishdi.

Murabbiylar o`rtasidagi kurashda «Paxtakor» bosh menejeri Samvel Babayan 60 ochko to`pladi va 2-o`rinni egallagan «Bunyodkor» bosh murabbiyi Sergey Lushanni 16 ballga ortda qoldirishga muvaffaq bo`ldi. E`tiborli tomoni, oktyabr oyi so`rovnomasida Babayanga ovoz bergan jurnalistlarning barchasi uni faqat birinchi o`ringa loyiq deb topishdi.

Futbolchilar orasida esa oktyabr oyi yakunlariga ko`ra «Paxtakor» yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovga teng keladigan futbolchi topilmadi. Yarim himoyachi oktyabr oyi so`rovida o`zining eng yaqin ta`qibchisi, Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi yarim himoyachisi Oleg Zoteevni 32 ballga ortda qoldirdi va 64 ball bilan 2014 yil hisobidan uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ma`lumot o`rnida, mart-noyabr oylarida o`tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O`zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

«Oyning eng yaxshi o`yinchisi» so`rovnomasi sentyabr oyi kuchli beshligi:
1. Jamshid Iskanderov («Paxtakor») – 64 ball.
2. Oleg Zoteev («Bunyodkor») – 32 ball.
3. Mansur Saidov («Navbahor») – 28 ball.
4. Bahodir Pardaev («Paxtakor») – 19 ball.
5. Artur Gevorkyan («Nasaf») – 17 ball.

«Oyning eng yaxshi murabbiyi» so`rovnomasi sentyabr oyi kuchli beshligi:
1. Samvel Babayan («Paxtakor») – 60 ball.
2. Sergey Lushan («Bunyodkor») – 44 ball.
3. Ro`ziqul Berdiev («Nasaf») – 35 ball.
4. Baxtiyor Ashurmatov («Navbahor») – 28 ball.
5. Aleksandr Xomyakov («Mash`al») – 18 ball.

Qo`shimcha sifatida:
- Babayan va Iskanderov – mart oyi laureatlari!
- Babayan va Krimets – aprel oyi laureatlari!
- Abramov va Iskanderov – may oyi laureatlari!
- Iyun va iyul oylarining umumiy laureatlari ma`lum bo`ldi (Babayan va Rustamov)
- Lushan va Rashidov – avgust oyi laureatlari!
- Berdiev va Gevorkyan – sentyabr oyi laureatlari!
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib