4 noyabr, seshanba kuni O`zbekiston Birinchiligidagi o`rnini saqlab qolish uchun o`tish bahslari bo`lib o`tdi.
Unda O`zbekiston Birinchiligi-2014 ikkinchi bosqichida so`nggi ikki o`rinni egallagan «G`allakor-Avtomobilchi» va «Sherdor» jamoalari O`zbekiston Birinchiligi-2014 birinchi bosqichida 9-12-o`rinlarni egallagan jamoalar o`rtasidagi ikkinchi bosqich musobaqalarining ikki omadsizi – «Bunyodkor-2» va «Lokomotiv-BFK» jamoalariga qarshi bahs olib borishdi.
«Bunyodkor-2» futbolchilari «G`allakor-Avtomobilchi»ni 4:1 hisobida mag`lubiyatga uchratishdi. «Lokomotiv-BFK» esa yagona gol evaziga «Sherdor»ni mag`lubiyatga uchratib, 2015 yilgi O`zbekiston Birinchiligi bahslarida ishtirok etish huquqini saqlab qoldi.
4 noyabr, seshanba
«G`allakor-Avtomobilchi» (G`allaorol) – «Bunyodkor-2» (Toshkent) – 1:4. 226 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent) – 8,4, X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati) – 7,4, T. Galeev (Toshkent) – 8,6, I. Garmashov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: A. Tambovtsev (Toshkent).
Gollar: B. Rahimov (25, avtogol) – M. Qosimov (13), I. Qobilov (47), D. Mamajonov (79), Sh. Tolisboev (84).
55-daqiqada D. G`iyosov («G`allakor-Avtomobilchi») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: A. Malikov (30). A. Madaliev (36), S. Xayrullaev (barchasi - «G`allakor-Avtomobilchi»).
«Sherdor» (Samarqand) – «Lokomotiv-BFK» (Toshkent) – 0:1. 63 tomoshabin.
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent) – 8,5, A. Usmonov (Toshkent) – 7,7, T. Gaynulin (Toshkent) – 8,5, A. Rubakov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: B. Tog`aev (Toshkent).
Gol: F. Vosiqov (81).
Ogohlantirish: U. Nabiev («Sherdor», 48).