O`zbekiston Professional futbol ligasi Oliy Liga 26-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlariga o`zgartirish kiritdi.
Dastlabki reja bo`yicha, 26-turning barcha uchrashuvlari bir vaqtda – 15:00da boshlanishi kerak edi. Biroq, ob-havo sharoitining yomonlashuvi munosabati bilan, 26-turning barcha uchrashuvlarini 14:00da boshlash haqida qaror qabul qilindi.
Eslatib o`tamiz, Oliy Liga 26-tur uchrashuvlari 7 noyabr, juma kuni bo`lib o`tadi. Shu kuni quyidagi juftliklar o`zaro maydonga tushadi:
«Neftchi» (Farg`ona) – «Andijon» (Andijon)
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Paxtakor» (Toshkent)
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Qizilqum» (Navoiy)
«Metallurg» (Bekobod) – «Mash`al» (Muborak)
«Nasaf» (Qarshi) – «Olmaliq» (Olmaliq)
«Navbahor» (Namangan) – «Dinamo» (Samarqand)
«Buxoro» (Buxoro) – «Lokomotiv» (Toshkent)