Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.
Oliy Liga
«Dinamo»ga qarshi Oliy Liga 24-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Lokomotiv» yarim himoyachisi Jasur Hasanov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Paxtakor»ga qarshi 24-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Metallurg» yarim himoyachisi Davron Karimqulov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Metallurg»ga qarshi 24-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» himoyachisi Kamoliddin Tojiev 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Birinchi Liga
Ikkinchi bosqich 14-tur uchrashuvida noma`qul imo-ishorasi uchun maydondan chetlatilgan «Xorazm» himoyachisi Marat Hoshimov 2014 yilgi mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilindi.
Ikkinchi bosqich 15-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Sho`rtan» yarim himoyachisi Botir Qodirqulov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.