O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamenti (4-moddasi, 4.16-bandi)ga asosan Oliy Liga klublari o`rtasidagi O`zbekiston chempionati va Birinchi Liga jamoalari o`rtasidagi O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich so`nggi ikki tur bahslarini bir vaqtda boshlash to`g`risida qaror qabul qilindi.
Oliy Liga 25- va 26-tur uchrashuvlari 15:00da boshlanadi.
O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 15- va 16-tur uchrashuvlari 14:00da boshlanadi.