Oliy Liga 20-turning qoldirilgan «Lokomotiv» – «Paxtakor» bellashuvini BAAdan taklif etilgan hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Qoldirilgan uchrashuv 21 oktyabr, seshanba kuni Toshkentning «TTZ» dahasida joylashgan «Lokomotiv» stadionida 17:00da boshlanadi.
Oliy Liga, 20-tur uchrashuvi
21 oktyabr, seshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Paxtakor» (Toshkent)
Hakamlar: Amar Ali Abdulla al-Junaybiy, Hasan Muhammad Hasan al-Maxriy, Zayd Dovud Salmon Kamol (barchasi – BAA), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).