Yozyovon (Farg`ona viloyati)da 8-15 oktyabr kunlari jismoniy tarbiya jamoalari va viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog`iston Respublikasi Kubogi bahslarida g`olib chiqqan Ikkinchi Liga jamoalari o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi bahslari bo`lib o`tdi.
Musobaqada 6 jamoa 2 guruhga bo`lingan holda ishtirok etdi.
Musobaqalar yakuniga ko`ra, «Yozyovon Lochinlari» jamoasi g`olib chiqdi.
«A» guruhi: «Yozyovon Lochinlari» (Farg`ona viloyati), «Islombod» (Samarqand viloyati), «G`allakor» (Jizzax viloyati)
«V» guruhi: «Uz-Dong-Ju-2» (Andijon viloyati), «Metallurg» (Toshkent viloyati), «Olimpik» (Buxoro viloyati)
O`yinlar natijalari
«Metallurg» - «Olimpik» - 5:1
«Yozyovon Lochinlari» - «Islomobod» - 10:0
«G`allakor» - «Islomobod» - 2:1
«Metallurg» - «Uz-Dong-Ju» - 1:0
«Uz-Dong-Ju» - «Olimpik» - 1:0
«G`allakor» - «Yozyovon Lochinlari» - 2:6
Yarim final
«Yozyovon Lochinlari» - «Uz-Dong-Ju» - 4:0
«Metallurg» - «G`allakor» - 4:0
Final
«Yozyovon Lochinlari» - «Metallurg» - 5:2
«Yozyovon Lochinlari» va «Metallurg» 2015 yilgi O`zbekiston Birinchiligi bahslarida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritish uchun o`tish bahslarida ishtirok etishadi.