O`zbekiston Kubogi-2014ning nominal mezboni aniqlandi

14.10.2014

O`zbekiston Kubogi-2014ning nominal mezboni aniqlandi

 14 oktyabr, seshanba kuni 2014 yilgi O`zbekiston Kubogi finaliga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Qur`a natijalariga ko`ra, 2014 yilgi O`zbekiston Kubogi finalida Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi nominal mezbon sifatida to`p suradi.

«Bunyodkor» final uchrashuvida oq libosda to`p sursa, «Lokomotiv» qizil rangli libosda harakatlanadi.

O`yinoldi matbuot anjumani 11 noyabr kuni bo`lib o`tadi. 11:00da jurnalistlarning savollariga «Bunyodkor» bosh murabbiyi va futbolchisi javob bersa, 12:00da «Lokomotiv» vakillari ishtirokida anjuman o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, Toshkentning «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari o`rtasidagi 2014 yilgi O`zbekiston Kubogi final uchrashuvi 12 noyabr, chorshanba kuni Olmaliq shahrida o`tkaziladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib