Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

13.10.2014

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

 Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.

Oliy Liga
«Metallurg»ga qarshi 22-tur uchrashuvida tirsagi bilan raqibining qorniga zarba bergani va oyog`i bilan tepishga harakat qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Bunyodkor» himoyachisi Xayrulla Karimov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Bunyodkor»ga qarshi 22-tur uchrashuvida oyog`i bilan raqibiga haddan ortiq kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Metallurg» yarim himoyachisi Doniyor Odilov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Bunyodkor»ga qarshi 22-tur uchrashuvidan so`ng hakamlar brigadasiga noroziligini bildirgani uchun «Metallurg» bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov jarimaga tortildi.

22-turdagi «Navbahor» - «Paxtakor» uchrashuvidan so`ng janjal keltirib chiqargan «Navbahor» murabbiyi Mustafo Bayramov va «Paxtakor» murabbiyi Drajen Dukich jarimaga tortildi.

22-turdagi «Navbahor» – «Paxtakor» uchrashuvi yakuniga etganidan so`ng, maydonga Namangan klubining uch nafar ishqibozi yugurib chiqqani munosabati bilan, «Navbahor» PFK o`z fan-klubi bilan tarbiyaviy suhbat o`tkazishi va ko`rilgan choralar yuzasidan rasmiy javobni taqdim etishi shart.

Yoshlar Birinchiligi
«Qizilqum»ga 20-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Dinamo» himoyachisi Saddam Boymamatov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Metallurg»ga qarshi 22-tur uchrashuvida muxlislar sha`niga haqoratli ishora qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Bunyodkor» hujumchisi Aleksandr Xamxodera 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Olmaliq»ga qarshi 22-tur uchrashuvida o`yin qoidalarini qo`pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan «Dinamo» hujumchisi Murod Rajabov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

Birinchi Liga
«O`z-Dong-Ju»ga qarshi ikkinchi bosqich 8-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Mash`al-2» hujumchisi Sardor Abduraimov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.

«Sho`rtan»ga qarshi ikkinchi bosqich 9-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi sabab maydondan chetlatilgan «O`z-Dong-Ju» yarim himoyachisi Ulug`bek Usmonov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«O`z-Dong-Ju»ga qarshi ikkinchi bosqich 10-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «Mash`al-2» darvozaboni Sherzodbek Abduraimov 4ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Oqtepa»ga qarshi ikkinchi bosqich 10-tur uchrashuvida raqibi sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Sherdor» himoyachisi Jasur Qurbonov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Zomin»ga qarshi ikkinchi bosqich 11-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor-2» himoyachisi Nodirbek Yuldashev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Istiqlol»ga qarshi ikkinchi bosqich 12-tur uchrashuvida qoidalarni qo`pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan «Zomin» yarim himoyachisi Suhrobjon Sarimsoqov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib