«Zomin» PFKga texnik mag`lubiyat yozildi

10.10.2014

«Zomin» PFKga texnik mag`lubiyat yozildi

O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 12-turi doirasidagi «Istiqlol»ga qarshi uchrashuvda to`rtta sariq kartochkasi bo`lgan va 12-tur doirasidagi «Zomin» – «Istiqlol» uchrashuvini o`tkazib yuborishi kerak bo`lgan hujumchi Doniyor Ismoilovni o`z tarkibida maydonga tushirgani uchun, «Zomin» PFKga nisbatan intizomiy choralar ko`rildi.

O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamenti (4-modda, 4.27-band)ini buzgani uchun, O`zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqich 12-tur doirasidagi «Zomin» – «Istiqlol» urchashuvida «Zomin» PFKga texnik mag`lubiyat (-:+), «Istiqlol» PFK hisobiga esa texnik g`alaba (+:-) hamda mos ravishda musobaqa jadvalida 3 ochko yozildi.

Ushbu uchrashuvdagi gollar bekor qilindi, ogohlantirish va chetlatishlar o`z kuchini saqlab qoldi. Doniyor Ismoilov amaldagi eng yaqin uchrashuvni o`tkazib yuborishi kerak.

Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 5.22-bandi)ga asosan «Zomin» PFKga jarima solindi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib