Chorshanba kuni O`FF sun`iy qoplamali maydonida “Nasaf” hamda “Lokomotiv” jamoalari o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi. Birinchi bo`lim tugashiga 5 daqiqa qolganida “Nasaf”ning ukrainalik legioneri Melnik hisobni ochdi. Ammo tanaffusgacha Temiryo`lchilar ham hisobni tenglashtirishga ulgurishdi. Ayzatulovning raqib darvozasi tomon yo`llagan aniq zarbasi hisobning tenglashishiga sabab bo`ldi.
Ikkinchi bo`limda zahiradan maydonga tushgan futbolchilarning faol harakatlari evaziga “Nasaf” yirik hisobda g`alaba qozonishga muvaffaq bo`ldi. Shomurodov dublga erishgan bo`lsa, qarshiliklarning 4-goli Murtazoev hisobiga yozildi.
14.01.08.
"Nasaf" - "Lokomotiv" - 4:1
Gollar: Melnik, Shomurodov (2), Murtozoev - Ayzatulov
Zahiradan tushganlar: Shomurodov, X. Karimov, Pavlenko, Panchuk, Murtazoev.
"Lokomotiv": Ashurov, Boqiev, Bakanov, Shashkov, Avakyan, Valijonov, Ayzatulov, Rahimov, Umurzoqov, Vasilev, Idiatulin.
Zahiradan tushganlar: Abduqodirov, Xazigaliev, Usmonxo`jaev.
Hakam: Vadim Agishev





