O`zbekiston Professional futbol ligasi belgilangan muddatida o`tkazilmagan Oliy Liganing uchta o`yini yangi muddatlarini belgiladi.
Ushbu uchrashuv Janubiy Koreyada bo`lib o`tgan Osiyo o`yinlari futbol musobaqasida ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasiga «Paxtakor»dan etti nafar futbolchi jalb etilgani sabab kechroq muddatga qoldirilgan edi.
Shunday qilib, 19-tur doirasidagi «Paxtakor» - «Dinamo» uchrashuvi 11 oktyabr kuni o`tkaziladi.
20-tur doirasidagi «Lokomotiv» - «Paxtakor» uchrashuvi 21 oktyabr kuni o`tkaziladi.
21-tur doirasidagi «Paxtakor» - «Buxoro» uchrashuvi 29 oktyabr kuni o`tkaziladi.