Yoshlar Birinchiligida 22-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. O`yinlar asosan mehmonlar ustunligida o`tdi – beshta uchrashuvda mezbonlar mag`lubiyatga uchradi.
Yoshlar Birinchiligi, 22-tur uchrashuvlari
1 oktyabr, chorshanba
«Navbahor» (Namangan) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:3. 251 tomoshabin.
Hakamlar: A. Mo`minov (Toshkent viloyati) – 8,0, E. Tursunov – 8,0, A. Jabborov – 8,0, I. Nosirov - 9
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: G. Jo`raev (45+2) – T. Tolipov (4), J. Masharipov (34), D. Hoshimov (55).
Ogohlantirishlar: X. Yunusov (62) – J. Masharipov (2), R. O`rinov (28), E. Mo`ydinov (48).
«Neftchi» (Farg`ona) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 2:1. 413 tomoshabin.
Hakamlar: D. Dosanov (Toshkent) – 8,0, D. Hakimov – 7,5, S. Rahmonov – 8,1, R. Kopadze - 9
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: O. Zokirov (18), I. G`aniev (21) – B. Qosimov (22).
Ogohlantirishlar: I. G`aniev (82) – A. Islomov (31), A. Narziqulov (48).
«Buxoro» (Buxoro) – «Qizilqum» (Navoiy) – 0:2. 218 tomoshabin.
Hakamlar: N. Qosimov (Qarshi) – 8,1, A. Burov – 8,3, A. Lyapin – 8,3, Sh. Rajabov - 8
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gollar: S. Xolmatov (16), M. Tillaev (90+1).
Ogohlantirishlar: A. Ochilov (19), A. To`raev (61), R. Aslanov (barchasi - «Buxoro», 68).
«Dinamo» (Samarqand) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 1:2. 177 tomoshabin.
Hakamlar: E. Tursunov (Buxoro) – 7,5, S. Hakimov – 7,8, D. Qudratov – 8,0, G`. Hamidov - 7
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: A. Toshpo`latov (32, avtogol) - K. Nurmetov (56), I. Isoqjonov (67).
Ogohlantirishlar: A. Bozorov (30), I. Sharipov (74) – A. Toshpo`latov (28).
Chetlatish: M. Rajabov («Dinamo», 40).