Yoshlar Birinchiligi peshqadami mavsumdagi 16-g`alabasini tantana qildi

01.10.2014

Yoshlar Birinchiligi peshqadami mavsumdagi 16-g`alabasini tantana qildi

O`zbekiston Yoshlar Birinchiligida 22-tur uchrashuvlari start oldi.

«Mash`al» safarda «Lokomotiv» ustidan kichik – 1:0 hisobida g`alaba qozondi. Bu muboraklik yosh futbolchilarning mavsumdagi 16-g`alabasidir.

Musobaqa autsayderlaridan biri – «Andijon»ning safarda «Nasaf» ustidan 2:0 hisobida g`alaba qozonganini alohida qayd etib o`tish joiz.

Yoshlar Birinchiligi, 22-tur uchrashuvlari
30 sentyabr, seshanba
«Metallurg» (Bekobod) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:0. 103 tomoshabin.
Hakamlar:
I. Garmashov (Toshkent) – 7,7, R. To`ychixonov – 7,4, X. Xudoyberdiev – 8,0, S. Sirazov - 7
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).
64-daqiqada Z. Nurmatov («Bunyodkor») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: R. Rahmonberdiev (63), Z. Akbaraliev (68), S. Inomjonov (70) – K. Kopadze (27), A. Xamxodera (87).
Chetlatish: A. Xamxodera (90).

«Nasaf» (Qarshi) – «Andijon» (Andijon) – 0:2. 268 tomoshabin.
Hakamlar:
D. Jalimov (Nukus) – 7,8, A. Kalinin – 8,0, Z. Eliboev – 8,0, N. Qosimov - 9
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: A. Jo`raboev (64, 76).
Ogohlantirishlar: A. Murodov (14), A. G`aniev (50), N. Normuhamedov (51), U. Allaxonov (77) – D. Mahmudov (9), A. Mamatkazin (72).

«Lokomotiv» (Toshkent) – «Mash`al» (Mubarek) – 0:1. 25 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Najafaliev (Toshkent) – 8,2, A. Sidorov – 8,0, A. Najafaliev – 8,0, A. Shukurullaev - 9
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gol: Sh. Dostonov (18).
Ogohlantirishlar: S. Rahmatullaev (28), D. Ilyosov (ikkisi ham - «Mash`al», 78).

cola
apex
mib
mib
mib
mib