«Lokomotiv» PFKga nisbatan intizomiy choralar

24.09.2014

«Lokomotiv» PFKga nisbatan intizomiy choralar

«Lokomotiv» PFK o`z rasmiy saytida Oliy Liga 18-turi doirasidagi «Lokomotiv» – «Bunyodkor» (1:2) uchrashuvidan so`ng bosh hakam Valentin Kovalenko 4 o`yinga diskvalifikatsiya qilingani haqidagi tekshirilmagan axborotni e`lon qilgani munosabati bilan intizomiy jazoga tortildi.

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 2-bo`lim, 5.37-bandi)ga asosan, «Lokomotiv» PFK 2 million so`m jarimaga tortildi va shunday holatlar yana takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iyroq choralar ko`rilishi haqida ogohlantirildi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib