Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unga ko`ra, Oliy Liga, O`zbekiston Birinchiligi va Yoshlar Birinchiligi bahslarida ishtirok etuvchi bir qator futbolchilarga intizom choralari ko`rildi.
Oliy Liga.
Toshkentning «Lokomotiv« klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix, 19-turda «Andijon»ga qarshi bahsda raqib oyog`iga zarba bergani uchun 2 o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi.
«Paxtakor» yarim himoyachisi Sherzod Karimov 18-turda «Olmaliq» klubiga qarshi o`yinda raqib oyog`iga zarba bergani uchun ikki o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
Birinchi Liga
«Xorazm» himoyachisi Ma`mur Abdullaev, «Uz-Dong-Ju» klubiga qarshi o`yinda raqibining boshiga atayin zarba bergani uchun 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Zomin» murabbiyi A. Umarov, «Istiqlol» klubiga qarshi o`yin yakuniga etgach, hakamlar sha`niga haqoratli so`zlarni ishlatgani bois jarimaga tortildi.
«Oqtepa» yarim himoyachisi Sergey Rekun, «Sherdor»ga qarshi 7-tur bahsida hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o`yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.