Lushan va Rashidov - avgust oyi laureatlari bo`lishdi

12.09.2014

Lushan va Rashidov - avgust oyi laureatlari bo`lishdi

O`zbekiston Chempionatining avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi va o`yinchisini aniqlash bo`yicha jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomada «Bunyodkor» vakillari tengsiz deb topildi. Xususan, «Bunyodkor» bosh murabbiyi Sergey Lushan oy murabbiyiga aylangan bo`lsa, jamoa yarim himoyachisi Sardor Rashidov avgust oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi.

O`zbekiston chempionatining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo`yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma 29 avgust- 4 sentyabr kunlari bo`lib o`tdi. So`rovnomada jurnalistlar Oliy Liga va Birinchi Liga klublarida faoliyat olib borayotgan jami 13 nafar murabbiy va 18 nafar futbolchini g`oliblikka da`vogar sifatida ko`rsatishdi.

Murabbiylar o`rtasidagi kurashda «Bunyodkor» bosh murabbiyi Sergey Lushan 67 ochko to`pladi va 2-o`rinda qayd etilgan «Paxtakor» bosh menejeri Samvel Babayanni 5 ochkoga ortda qoldirdi. Sergey Lushan qo`l ostida «Bunyodkor» avgust oyida 5ta o`yin o`tkazdi va 4ta uchrashuvda g`alaba qozondi. «Bunyodkor» 28 avgust kuni safarda chempionat peshqadami «Lokomotiv» ustidan g`alaba qozonganini ham ta`kidlash lozim.

Futbolchilar orasida esa avgust oyi yakunlariga ko`ra «Bunyodkor» yarim himoyachisi Sardor Rashidovga teng keladigan futbolchi topilmadi. Yarim himoyachi avgust oyi so`rovida o`zining eng yaqin ta`qibchisi Aleksandr Geynrixni 28 ochoga ortda qoldirdi va umumiy 95 ball bilan oy futbolchisi bo`ldi. Rashidov avgust oyida jami 5ta o`yinda maydonga tushib raqiblari darvozasini to`rt bora nishonga olgan.

Ma`lumot o`rnida, mart-noyabr oylarida o`tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O`zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

«Oyning eng yaxshi o`yinchisi» so`rovnomasi avgust oyi kuchli beshligi:
1. Sardor Rashidov («Bunyodkor») – 95 ball.
2. Aleksandr Geynrix («Lokomotiv») – 67 ball.
3. Kaxi Maxaradze («Paxtakor») – 40 ball.
4. Artur Gevorkyan («Nasaf») – 39 ball.
5. Ruslan Vagapov («Paxtakor»), Zohir Qo`zibov (
«Mash`al») – 20 ball.

«Oyning eng yaxshi murabbiyi» so`rovnomasi avgust oyi kuchli beshligi:
1. Sergey Lushan («Bunyodkor») – 67 ball.
2. Samvel Babayan («Paxtakor») – 62 ball.
3. Tachmurod Agamurodov («Dinamo») – 34 ball.
4. Aleksandr Xomyakov («Mash`al») – 32 ball.

5. Davron Fayziev («So`g`diyona») – 29 ball.    

cola
apex
mib
mib
mib
mib