Bugun Oliy Liga 18-tur o`yinlariga start berildi. Turning markaziy o`yinlaridan biri Farg`onada «Neftchi» va «Nasaf» klublari o`rtasida o`tkazildi. O`yinning 46 daqiqasida Azamat Ollaniyozov tomonidan kiritilgan yagona go Nasafga g`alaba keltirdi.
«Navbahor» o`z uyida «Metallurg»ni qabul qilib 4:2 hisobida g`alaba qozondi. «Buxoro ham, o`z maydonida «So`g`diyona ustida 2:1 hisobida g`alaba qozondi va g`alabasiz o`yinlari seriyasiga barham berdi. Qayd etish lozim, Ulug`bek Baqoev mazkur uchrashuvda Oliy Ligada uzoq tanaffusdan keyingi ilk golini kiritdi.
28 avgust kuni bo`lib o`tadigan «Lokomotiv» va «Bunyodkor» o`rtasidagi turning markaziy o`yini bilan esa 18-tur o`yinlariga yakun yasaladi.
18-tur. 27 avgust (chorshanba)
«Neftchi» (Farg`ona) – «Nasaf» (Qarshi) 0:1
Gollar: A. Olloniyozov (46)
Hakamlar: O. Talibjonov (Toshkent), X. Mirzaaxmedov (Toshkent vil.), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Raximov (Andijon)
Nazortachi: S. Najafaliev (Toshkent).
PFLUz vakili: R. Chernikov.
«Navbahor» (Namangan) – «Metallurg» (Bekobod) 4:2
Gollar: R. Kachur (36), Sh. Erkinov (31), O. Valijonov (85, 87) - A. Ziyovuddinov (20), M. (Akbarov 89)
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), N. Ro`zimov (Toshkent), R. Kopadze (Farg`ona)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
PFLUz vakili: G. Rtveladze.
«Buxoro» (Buxoro) – «So`g`diyona» (Jizzax) 2:1
Gollar: P. Vuyovich (29), U. Baqoev (84) - S. Berdiev (36)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), D. Caidov (Toshkent), D. Dosanov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
PFLUz vakili: A. Frolov.
«Dinamo» (Samarqand) – «Andijon» (Andijon) 2:0
Gollar: A. Bozorov (45), S. Shixov (90+1)
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), V. Lushin (Guliston), V. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urgench).
PFLUz vakili: F. Magametov.
«Mash`al» (Muborak) – «Qizilqum» (Navoiy) 2:1
Gollar: Z. Qo`ziboev (18), S. Hamroev (42) - A. Rustamov (20)
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), I. Xudoydotov (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valtskiy.
PFLUz vakili: B. Haydarov.