Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Oliy Liga
«Qizilqum»ga qarshi 14-tur uchrashuvida raqib sha`niga noma`qul fikrlar bildirgan va shundan so`ng uning bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Bunyodkor» himoyachisi Xayrulla Karimov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Bunyodkor»ga qarshi 14-tur uchrashuvida raqib sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Qizilqum» yarim himoyachisi Eldor Boymatov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Bunyodkor»ga qarshi 14-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Qizilqum» yarim himoyachisi Sherali Jo`raev 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«So`g`diyona»ga qarshi 16-tur uchrashuvida to`p uchun kurashda raqibining yuziga tirsak bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Dinamo» himoyachisi Asror Aliqulov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Neftchi»ga qarshi 16-tur uchrashuvi tanaffusi vaqtida sodir bo`lgan hodisa uchun maydondan chetlatilgan «Navbahor» bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jarimaga tortildi.
«Neftchi»ga qarshi 16-tur uchrashuvi tanaffusi vaqtida sodir bo`lgan hodisa uchun maydondan chetlatilgan «Navbahor» murabbiyi Zohid Nurmatov jarimaga tortildi.
«Navbahor»ga qarshi 16-tur uchrashuvi tanaffusi vaqtida sodir bo`lgan hodisa uchun maydondan chetlatilgan «Neftchi» murabbiyi Sergey Lebedev jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi
«Bunyodkor»ga qarshi 14-tur uchrashuvida jamoadoshiga qo`l bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Qizilqum» hujumchisi Bahodir Qosimov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Bunyodkor»ga qarshi 14-tur uchrashuvida jamoadoshiga qo`l bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Qizilqum» Azizjon Abdullaev 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Birinchi Liga
«Alanga»ga qarshi Ikkinchi bosqich 1-tur uchrashuvida raqibining ko`kragiga haddan tashqari kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Xotira-79» o`yinchisi Fozil Dehqonov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.