«Buxoro» futbol klubi hujumchi Ulug`bek Baqoev bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi «Buxoro»da 50-raqam ostida to`p suradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
35 yoshli Ulug`bek Baqoev futbolchilik faoliyatini aynan «Buxoro» jamoasida boshlagan bo`lib, faoliyati davomida Rossiyaning TsSKA, «Torpedo-ZIL», «Nefteximik», Qozog`istonning «Tobol», «Jetisu», «Irtish», O`zbekistonning «Buxoro», «Andijon», «Bunyodkor», «Dinamo» jamoalarida to`p surgan.
2001-2014 yillar oralig`ida Ulug`bek Baqoev O`zbekiston milliy terma jamoasida 52 uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol urishga muvaffaq bo`lgan.