O`zbekiston Professional futbol ligasi jamoasi Abduahad Karamatovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Ma`lumot uchun, Abduahad Karamatov 1976-1994 yillarda respublika toifasidagi hakam sifatida uchrashuvlarni boshqarib borgan.
Hakamlik faoliyatini yakunlaganidan so`ng, Navoiyning «Zarafshon» va Bekobodning «Metallurg» klublarida jamoa boshlig`i sifatida faoliyat olib borgan.