Oliy Liga 14-turning yakunlovchi turida «Lokomotiv» o`z maydonida «Navbahor»ni 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Har ikkala gol tanaffusgacha urildi. E`tiborli tomoni, har ikkala golga ham «Lokomotiv»ning yangi a`zolari mualliflik qildi. Dastlab Aleksandr Geynrix hisobni ochgan bo`lsa, so`ng Alisher Shog`ulomov jamoa muvaffaqiyatini mustahkamladi.
Oliy Liga, 14-tur uchrashuvi
4 avgust, dushanba
«Lokomotiv» (Toshkent) - «Navbahor» (Namangan) – 2:0. 3850 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent) – 8,6, O. Abduvasilov (Toshkent) – 8,2, N. Ro`zimov (Toshkent)- 8,3, A. Rubakov (Toshkent) - 9
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: A. Geynrix (8), A. Shog`ulomov (42).
Ogohlantirishlar: Yu. Rijko (18), A. Ahmedov (ikkisi ham - «Navbahor», 73).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Nesterov – R. Kachur.