O`zbekiston Birinchiligining uchta klubiga nisbatan intizomiy choralar ko`rildi

17.07.2014

O`zbekiston Birinchiligining uchta klubiga nisbatan intizomiy choralar ko`rildi

O`zbekiston Professional futbol ligasi O`zbekiston Birinchiligining uch klubiga nisbatan intizomiy choralar ko`rdi.

«Spartak» PFK (Buxoro) O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 21-turi doirasidagi «Zomin»ga qarshi, shuningdek, 22-tur doirasidagi «Guliston»ga qarshi safar o`yinlariga kelmaganligi uchun, O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamenti (4-modda, 4.26-bandi)ga asosan 2014 yilgi O`zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari safidan chiqarildi.

«Spartak» PFKning 2014 yilgi O`zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari safidan chiqarilishi munosabati bilan, shuningdek, futbolchilarning huquq va manfaatlarini hisobga olib, ushbu jamoa o`yinchilarini O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamentida ko`zda tutilgan tartibda erkin agent sifatida zayavka qilishga ruxsat beriladi.

«Xorazm» PFKga O`zbekiston Birinchiligi 21-turi doirasida «Sherdor»ga qarshi safar o`yiniga kelmagani uchun, O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamenti (5-modda, 1-bo`lim, 5.3-band)ga asosan texnik mag`lubiyat (-:+), «Sherdor» PFKga esa texnik g`alaba (+:-) yozildi. Bundan tashqari, «Xorazm» PFK jarimaga tortildi. Yana shunday holat takrorlanadigan bo`lsa, «Xorazm» PFK 2014 yilgi O`zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari safidan chiqariladi.

«Kosonsoy» PFK O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 22-turida «Paxtakor-2»ga qarshi «paxtakorchilar»ning 4:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etgan o`yinda to`rtta ogohlantirishi bor va ushbu uchrashuvni o`tkazib yuborishi kerak bo`lgan Ilhom Telyakovni maydonga tushirgan.

O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamenti (4-modda, 4.27-bandi)ni buzgani uchun, 22-tur doirasidagi «Paxtakor-2» – «Kosonsoy» uchrashuvida «Kosonsoy» PFKga texnik mag`lubiyat (-:+), «Paxtakor-2» PFKga esa texnik g`alaba (+:-) yozildi. Bundan tashqari, «Kosonsoy» PFK jarimaga tortildi.

«Paxtakor-2» – «Kosonsoy» (4:1) uchrashuvidagi gollar bekor qilindi, ogohlantirishlar o`z kuchida qoladi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib