Hakamlar va nazoratchilarning yozgi malaka oshirish kurslari start oldi

14.07.2014

Hakamlar va nazoratchilarning yozgi malaka oshirish kurslari start oldi

8 iyuldan O`FF hakamlari va nazoratchilari malakasini oshirish bo`yicha yozgi kurslar start oldi. Dastlab, 8-10 iyul kunlari nazoratchilar malakasini oshirish bo`yicha kurslar o`tkazildi.

Jumladan, birinchi kun 15 nafar nazoratchi o`yin qoidalari bo`yicha savol-javob va imtihonlar o`tkazilgan bo`lsa, ikkinchi kun nazoratchi raportini to`ldirish metodikasi bo`lib o`tadi, uchinchi kuni esa aynan shu metodika bo`yicha imtihon va FIFAning «O`yin qoidalari» bo`yicha videomateriali namoyish etildi.

Hakamlarning birinchi kurslari 15 iyul kuni boshlanadi. Kurslar davomida uch bosqichga bo`lingan Oliy va Birinchi ligada faoliyat olib boruvchi jami 100dan ortiq bosh va yordamchi hakamlar «Paxtakor» stadionida ro`yxatdan olinganidan so`ng, ulardan FIFA normativlari bo`yicha test olinadi, shuningdek, «Chig`atoy» bazasida «O`yin qoidalari» bo`yicha imtihonlar o`tkaziladi.

Shuningdek, o`yin qoidalari bo`yicha savol-javob o`tkaziladi va shu yo`nalishdagi FIFA videomateriali namoyish etiladi. Ikkinchi kunda hakamlar amaliy mashg`ulotlar o`tkazishadi, shuningdek, o`yinlarni ilmiy-metodik tahlil qilishadi. Uchinchi-beshinchi kunlarda ham shunday mashg`ulotlar o`tkaziladi.

Hakamlar kurslarining keyingi bosqichlari tartibi ham shunday ko`rinishda bo`ladi. Hakamlarning mashg`ulotlarini OAV vakillari ham kuzatib borishlari mumkin.

1-bosqich: 8-10 iyul (oliy liga inspektorlari)
2-bosqich: 15 iyul (oliy va birinchi liga bosh hakamlari)
3-bosqich: 16 iyul (oliy va birinchi liga hakam yordamchilari)
4-bosqich: 17 iyul (birinchi liga hakam yordamchilari)
5-bosqich: 22-24 iyul (birinchi liga nazoratchilari yig`ini)

  

cola
apex
mib
mib
mib
mib