Namangan «Navbahor» jamoasi ikkinchi davra o`yinlariga Chirchiq shahrida tayyorgarlik ko`rmoqda, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Jamoa mashg`ulotlariga belaruslik hujumchi Andrey Lasyuk kelib qo`shilgan.
«Murabbiylar shtabi Lyasyukning shu kunga qadar o`tkazgan ayrim o`yinlarini kuzatishgandi. Agarda legioner hujumchi harakatlari murabbiylarga manzur bo`lsa, Andrey ikkinchi davrani «Navbahor»da o`tkazishi mumkin bo`ladi», - deyiladi klub xabarida.
Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda klub rahbariyati himoyachi Bobur Akbarov («Bunyodkor»), yarim himoyachi Alisher Samatov («Buxoro») hamda Dilshod Jabborovlar («Lokomotiv»)bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ma`lumot uchun, «Navbahor» Chirchiq yig`ini davomida 12 iyul kuni Muborakning «Mash`al», 14 iyul kuni Navoiyning «Qizilqum» jamoalariga qarshi nazorat o`yini o`tkazishni rejalashtirgan.