Bekobodning «Metallurg» jamoasi 12 iyulga qadar Chorvoqda shug`ullanadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Birinchi davra yakunlariga ko`ra, jamoani yarim himoyachi Sardorbek Soibov tark etgan, o`z navbatida «Neftchi»dan Zohid Abdullaev va yarim yarim himoyachi Ma`ruf Murodov «Metallurg»da ko`rikdan o`tmoqda.
Chorvoqdagi yig`in yakuniga etganidan so`ng, jamoa Chirchiqdagi bazasiga qaytadi va shundan so`ng nazorat uchrashuvlariga e`tibor qaratiladi.