Oliy Liga 13-turi doirasida qoldirilgan «Paxtakor» – «Bunyodkor» uchrashuvini Olim Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
O`yin 5 iyul, shanba kuni Toshkentdagi «Paxtakor» Markaziy stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:30da boshlanishi rejalashtirilgan.
Oliy Liga, 13-turning qoldirilgan uchrashuvi
5 iyul, shanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent)
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), V. Serazetdinov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
O`zPFL vakili: V. Shtern.