«Lokomotiv» va «Bunyodkor» O`zbekiston Kubogi finaliga yo`l oldi

01.07.2014

«Lokomotiv» va «Bunyodkor» O`zbekiston Kubogi finaliga yo`l oldi

1 iyul, seshanba kuni O`zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

Toshkentda «Paxtakor» va «Lokomotiv» jamoalari o`zaro to`qnashdi. Har ikkala jamoa o`rtasida «temiryo`lchilar» maydonida bo`lib o`tgan ilk o`yinda «Lokomotiv» 1:0 hisobida g`alaba qozongan edi. Javob o`yini 2:2 hisobida durang qayd etildi.

Qarshida esa mahalliy «Nasaf» va Toshkentning «Bunyodkor» jamoalari final yo`llanmasi uchun maydonga tushishdi. Toshkentda o`tgan birinchi o`yinda 1:0 hisobida «Bunyodor» g`alaba qozongan edi, javob o`yinida 1:1 hisobida durang qayd etildi. E`tiborli tomoni, o`yin qo`shimcha vaqtlarga cho`zildi.

Shunday qilib, 2014 yilgi O`zbekiston Kubogi finalida Toshkentning ikki jamoasi – «Lokomotiv» va «Bunyodkor» bahs olib boradi.

O`zbekiston Kubogi-2014
Yarim final, javob o`yinlari
1 iyul, seshanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 2:2. 2323 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent) – 9,4, R. Ilyosov (Toshkent) – 9,3, M. Saidqosimov (Toshkent) – 9,3, D. Pislegin (Toshkent) - 9
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: A. Ismatullaev (9), I. Sergeev (78) – F. Tojiev (46, 59).
Ogohlantirishlar: K. Maxaradze (7), E. Krimets (43), D. Hoshimov (75), A. Ismatullaev (82) – S. Mustafoev (36), I. Suyunov (54), F. Tojiev (62), I. To`xtaxo`jaev (90).
Birinchi o`yin – 0:1.

«Nasaf» (Qarshi) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 1:1 (1:0 – asosiy vaqtda, 0:1 – qo`shimcha vaqtda). 8770 tomoshabin.
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent) – 8,4, T. Gaynulin (Toshkent) – 8,7, A. Usmonov (Toshkent) – 8,7, Z. Qodirov (Navoiy) - 8
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: A. Gevorkyan (27, penalti) – V. Shodiev (95).
Ogohlantirishlar: F. Sayfiev (54) – A. Komilov (19), O. Zoteev (54), J. Ibrohimov (69), Z. O`rinboev (72).
Chetlatishlar: X. Karimov (90+1) – Z. O`rinboev (ikkinchi ogohlantirish, 90+1).
Birinchi o`yin – 0:1.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib