Oliy Liga-2014 birinchi davra yakunlariga ko`ra musobaqa peshqadami bo`lib turgan «Lokomotiv» 14-28 iyul kunlari Avstriyada yig`in o`tkazadi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, ushbu yig`in davomida Vadim Abramov shogirdlari to`rtta nazorat o`yini o`tkazishadi.
17 iyul kuni «Bryun» (Chexiya), 19 iyul kuni «Borussiya» (Dortmund, Germaniya), 22 iyul kuni «Torpedo» (Moskva, Rossiya), 25 iyul kuni «Frayburg» (Germaniya) jamoalari «Lokomotiv»ga raqib bo`ladi.